«Real»ning asosiy tarkib futbolçilari Garet Beyl va Karim Benzema Ispaniya çempionatining 8-turi doirasida «Alaves»ga qarşi keçgan va 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan tugagan uçraşuvni oxirigaça yetkaza olişmadi. 

Benzema tanaffusdan keyin maydonga qaytmadi. Unda öng oyoği bilan muammo yuzaga kelgan. Duşanba kuni u tibbiy körikdan ötkaziladi.

Beyl 80-daqiqada özini yomon his qila boşlagani uçun almaştirildi.

Uelslik bu futbolçi mavsum davomida bungaça ikki marta jarohat tufayli öyinlarni ötkazib yuborgandi. U sentabr oyida «Atletik»ka qarşi öyinda maydondan olingan va keyingi turda «Espanol»ga qarşi öyinda jamoaga yordam bera olmagandi.  Sentyabr oyi oxirida «Atletiko»ga qarşi öyinda jarohatlangaç, oktabr oyi boşida Çempionlar ligasi doirasida TsSKAga qarşi öyinda maydonga tuşmadi. 

Qayd etiş kerakki, ayni vaqtda «Real»ning boşqa yetakçilari - Isko, Marselo va Karvaxal ham jarohat tufayli safdan çiqqan.