01:49 / 08.10.2018
16305

La Liga. "Barselona" qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 8-turining markaziy o‘yinida amaldagi chempion "Barselona" "Valensiya" maydoniga safar qildi. "Mestalya"da o‘tgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

2-daqiqada Garay maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 23-daqiqada Messi jamoasiga durang olib kelgan golga mualliflik qildi. 

Bu kataloniyaliklarning La-Liga doirasida qatorasiga 4-o‘yinda ochko yo‘qotishi bo‘ldi. Bundan oldin Ernesto Valverde shogirdlari "Jirona" hamda "Atletik Bilbao" bilan durang qayd etishgan bo‘lsa, "Leganes"dan esa mag‘lubiyatga uchrashgan edi. 

Valensiya – Barselona 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 2 Garay, 1:1 – 23 Messi.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia (Koklen, 79), Gedesh (Cheryshev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen, Rakitich, Buskets, Artur (Rafinya, 88), Koutino (Dembele, 84), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Suares (41), Soler (43), Koutino (58), Parexo (58).

Sevilya – Selta 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 39 Sarabiya, 2:0 – 61 Ben-Yyedder, 2:1 – 85 Bufal.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Arana, Karrisu, Sarabiya, Navas, Vaskes, Banega (Mesa, 90), Ben-Yyedder (Promes, 79), Andre Silva.
Selta – Alvares, Arauxo, Kabral, Junka (Alonso, 83), Ronkalya, Lobotka, Beltran, Sisto (Ekkert, 46), Malo, Aspas (Bufal, 70), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Banega (17), Ronkalya (52), Arauxo (56), Karrisu (56), Arana (89), Kabral (90).
Chetlatish: Arauxo (58).
 

Espanol – Vilyarreal 3:1 (1:1, 2:0)

Gollar: 1:0 – 7 Peres, 1:1 – 45 Toko-Ekambi, 2:1 – 79 Darder, 3:1 – 90 Pyatti.
Espanol – Lopes, Ermoso, Vila, Lopes, David Lopes, Granero (Melendo, 65), Mark Roka, Darder, Peres (Pyatti, 72), Garsiya, Iglesias (Baptistao, 78).
Vilyarreal – Asenxo, Layyun, Ruis (Pedrasa, 86), Kosta, Funes Mori, Fornals, Trigeros, Alvaro Gonsales, Migelon (Raba, 80), Toko-Ekambi (Bakka, 67), Moreno.
Ogohlantirishlar: David Lopes (5), Migelon (33), Ermoso (45), Funes Mori (47), Darder (90).
 

Top