Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 6-sentabr kuni poytaxtda «Toshkent xalqaro yarimmarafoni» ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi.
Tadbir ishtirokchilari va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida 6-sentabr soat 00:00 dan 12:00 gacha quyidagi koʻcha va yoʻllarda transport harakati vaqtincha cheklanadi:
- Islom Karimov koʻchasi - Furqat koʻchasidan Sharaf Rashidov shohkoʻchasigacha;
- Sharaf Rashidov shohkoʻchasi - Afrosiyob koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha;
- Afrosiyob koʻchasi - Islom Karimov koʻchasidan Oybek koʻchasigacha;
- Oybek koʻchasi - Afrosiyob koʻchasidan Nukus koʻchasigacha;
- Nukus koʻchasi - Oybek koʻchasidan Abdulla Qodiriy koʻchasigacha;
- Abdulla Qodiriy koʻchasi - Nukus koʻchasidan Hamidulla Oripov koʻchasigacha;
- Hamidulla Oripov koʻchasi - Abdulla Qodiriy koʻchasidan Mustaqillik shohkoʻchasigacha;
- Mustaqillik shohkoʻchasi - Mirzo Ulugʻbek shohkoʻchasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Amir Temur xiyoboni atrofidagi yoʻllar - Buxoro va Shahrisabz koʻchalarigacha;
- Alisher Navoiy koʻchasi - Shahrisabz koʻchasidan Furqat koʻchasigacha;
- Botir Zokirov koʻchasi - Alisher Navoiy koʻchasidan Afrosiyob koʻchasigacha;
- Oʻqchi koʻchasining Botir Zokirov koʻchasiga tutash qismi.
Shuningdek, yarimmarafon ishtirokchilari va tomoshabinlar soni koʻpaygan taqdirda, zaruratdan kelib chiqib, ushbu hududlarga tutash boshqa ayrim yoʻllarda ham transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish, cheklovlar amal qiladigan vaqtda muqobil yoʻnalishlardan foydalanish hamda yoʻl belgilari va masʼul xodimlar koʻrsatmalariga rioya qilish tavsiya etilgan.















