Amerika Qöşma Ştatlari Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzodlarning birinçi debatlari kelgusi yilning bahorida, saylovlar kunidan bir yarim yil oldin ötkazilişi mumkin. Bu haqda duşanba kuni 2020 Elections Central internet-portali Demokratik partiya a'zosi, AQŞ sobiq prezidenti Barak Obamaning sobiq maslahatçisi Devid Akselrodga asoslanib xabar berdi.
«Bahor boşida debatlar bölib ötadi, - deya qayd etib ötdi u. - Menimça, kelgusi yilning birinçi çoragi eng töğri variant. Demokratik partiyada bu masalani keçiktirilmaslik lozimligi haqida öylaşmoqda. Bundan taşqari, ehtimoliy nomzodlar orasida ham xuddi şunday fikrlar mavjud».
2020 Elections Central xabariga köra, AQŞ prezidentligiga Demokratik partiyadan Qöşma Ştatlar sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden, 2016 yilda Demokratik partiyadan prezidentlikka rasmiy nomzod böliş uçun kuraşda Xillari Klintonga imkoniyatni boy bergan, Vermont ştatidan senatori Berni Sanders, şuningdek, Massaçusets ştatidan senator Elizabet Uorren öz nomzodini ilgari surişi mumkin. Ehtimol, öndan ortiq demokrat-nomzodlar saylovlarda iştirok etiş rejalari haqida e'lon qilişadi.
2020 yilgi prezidentlik saylovlariga nomzod rasman ilgari suriladigan Demokratik partiyaning qurultoyi 2020 yil 13-16 iyul kunlari bölib ötadi. Uni Mayami-Biç (Florida), Miluoki (Viskonsin) va Xyuston (Texas) özida qabul qilişi mumkin. Respublikaçilar öz qurultoylari qaçon va qayerda ötkazilişini aniqlab bölişgan: u 2020 yil 24-27 avgust kunlari Şarlott (Şimoliy Karolina ştati) şahrida bölib ötadi. Qöşma Ştatlar prezidentligiga saylovlar 2020 yil 3 noyabr, seşanba kuni bölib ötadi.












