
«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev 8 oktabr kuni kafeda davlat mulozimini döpposlaşdi, deb xabar beradi Mash.
Futbolçilar kafelardan biriga nonuşta qiliş uçun borişgan. Ammo şovqin solib, boşqa mijozlarga halaqit berişgan. Şunda kafe xodimlari ularni mast holda deb gumon qilib, tinçlantirişga urinişgan. Kafening doimiy mijozlaridan biri bölmiş moskvalik mulozim esa ularga tanbeh bergan. Bu esa futbolçilarga yoqmagan. Dastlab Kokorin uni stul bilan urgan, şundan söng, Mamayev uning yuziga qöli bilan zarba bergan. Şundan söng, muştlaşuv boşlanib ketgan.
Futbolçilar bilan yuz bergan mojaroda jabrlangan mulozimning Minpromtorg rahbarlaridan biri Denis Pak ekani aytilmoqda.
Voqea yuzasidan Moskva politsiya tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.











