8-13 oktabr kunlari Özbekiston hukumati tomonidan "Xotin-qizlar sport haftaligi" deya e'lon qilindi. Toşkent viloyatning barça tuman va şaharlarida Xotin-qizlar sport haftaligiga start berildi. Viloyat hokimligi vakillari KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi.

"Xotin-qizlar sport haftaligi" tadbirlariga viloyatning barça taşkilotlari jalb etilmoqda.
Jumladan, Yangiyöl şahrida sport haftaligi doirasida tört umumta'lim maktabida qizlar örtasida voleybol turi böyiça sport musobaqalari ötkazildi. Hafta davomida şahardagi barça umumta'lim maktablari, maktabgaça ta'lim muassasalari va tibbiyot birlaşmalari hamda mahallalarda bunday tadbirlar ötkazilişi belgilab olindi.

Olmaliq şahrida "Xotin-qizlar sport haftaligi" doirasida seşanba - voleybol, basketbol, şaxmat-şaşka, çorşanba - suziş, kisqa masofaga yuguriş, payşanba - badiiy gimnastika, taekvondo, juma kuni esa sportning barça yunalişlarida turli estafeta öyinlari taşkil etilişi, şanba - yakuniy natijalar tahlili va taqdirlaş marosimlari rejalaştirildi.

"Soğlom ayol - soğlom jamiyat" şiori ostida ötkazilayotgan haftalikda viloyat hokimligi barça xotin-qizlarni sport tadbirlarida faol qatnaşişga çaqiradi.

















