Turkiya politsiyasining taxminiça, Istanbulga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçini öldiriş maqsadida Saudiya Arabistonidan 15 kişidan iborat guruh kelgan. Politsiya ular Saudiya Arabistoni konsulligiga u yerda jurnalist bölganda kelişganini örgangan, deb xabar berdi The Daily Sabah naşri.

Ta'kidlanişiça, bu kişilardan bir qismi Turkiyaga muntazam reys bilan, qolgan qismi esa Sky Prime Aviation Services’ning xususiy samolyotlarida kelgan. Guruh a'zolari Saudiya Arabistoni konsulligi yaqinidagi Wyndham va Movenpick mehmonxonalarida töxtaşgan. Ular kelgan kunlariyoq Saudiya Arabistoniga qaytib ketişgan. 

Naşrdagi maqolada gumonlanuvçilarning suratlari ham keltirilgan.

The Washington Post naşri uçun işlaydigan jurnalist Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib ketgaç, izsiz yöqolgan. Konsullikda ta'kidlanişiça, jurnalist u yerni tark etgan.