AQŞ Kongressining Xitoy böyiça komissiyasi 2022 yilgi qişki Olimpiya öyinlari Pekinda ötkazilişiga qarşi çiqdi. 

Inside the Games ma'lumotiga köra, Xalqaro olimpiya qömitasiga (XOQ) tegişli murojaatnoma ham yuborilgan.

Komissiya hisobotida qayd etilişiça, Xitoyning amaldagi rahbari Si Tszinpinning hokimiyat tepasiga kelganidan söng, mamlakatda inson huquqlariga rioya etiş bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi. Masalan, uşbu mamlakatda bir milliondan ziyod uyğur saqlanayotgan siyosiy qayta tarbiyalaş lageri mavjud. Komissiyadan qöşimça qilişlariça, bu «Ikkinçi jahon uruşi yillaridan beri etnik ozçilik huquqlarini kamsitişga doir eng katta holatdir».

Şuningdek, hisobotda xabar qilinişiça, Xitoy hukumati Qöşma Ştatlarda istiqomat qiluvçi uyğurlar diasporasiga bosim ötkazişga harakat qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Eronni uyğurlarni neftga «almaştirişda» ayblagandi.