Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina vaziri fuqarolarga «Moskvani qaytarish» taklifi bilan chiqdi
Ukraina infratuzilmasi vaziri Vladimir Omelyan ukrainaliklarga Rossiyaga borishni xohlashsa, «Kuban va Moskvani qaytarish» taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u «Gromadske TV»’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Suhbat davomida jurnalist Omelyanga temir yo‘l qatnovi bekor bo‘lganidan so‘ng, Rossiyaga borishi kerak bo‘lgan yoki buni xohlayotgan ukrainaliklar nima qilishi kerakligi haqida savol bergan.
«Formani kiyish, avtomat olish, jang qilishga borish va keyin, Kuban hamda Moskva qaytarilganidan so‘ng, Rossiyaga borish kerakligi va buni juda xohlayotgani haqida gapirsa bo‘ladi», - dedi vazir.
Shuningdek, Omelyanning tan olishicha, Rossiyada do‘stlari ham, qarindoshlari ham yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri mamlakatda hokimiyat tez orada o‘zgarishi mumkinligini aytgandi.
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarovning bildirishicha, mamlakatda olti oydan so‘ng hokimiyat o‘zgaradi va hozirgi hukmron elitaga to‘lov uchun hisob taqdim etiladi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026