Özbekiston Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5416-son Farmoni böyiça «Vaqf» xayriya jamoat fondi taşkil etilgan.

Fond öz oldiga masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini quriş, ta'mirlaş, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar va öquvçi-talabalarni qöllab-quvvatlaş, masjid xodimlarini oylik maoş bilan ta'minlaş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, şu jumladan, imkoniyati çeklangan şaxslarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş kabi bir qator işlarni maqsad qilib qöygan.

Ötgan davr mobaynida fond tomonidan diniy ta'lim muassasalarini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun jami 211 mln. söm, ijtimoiy himoyaga muhtoj jamiyatlarga 22 mln. söm va yordamga muhtoj va nogironligi bölgan 534 nafar fuqarolarga 480 mln. sömdan ziyod mablağ xayriya qilindi. Qurbon hayitida Respublika böyiça 10 tonnadan ziyod qurbonlik göştlari fond nomidan tarqatildi. Şu bilan birgalikda öta oğir holatdagi 4 ta xonadon fond tomonidan töliq ta'mirlab berildi.

33 nafar sobiq mahbusga hayotda öz örnini topiş uçun yordam körsatildi.

«Vaqf» fondi tomonidan taşkil etilgan «Masjid va madrasalar uçun kitob» aksiyasi doirasida şu vaqtga qadar 9 ta viloyatdagi 306 ta masjidga jami 367 mln sömlik 13 109 dona kitob yetkazildi.

Fond tomonidan Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari va öqituvçilarini rağbatlantiriş, namunali va iqtidorli talabalarni tölov-kontrakt pullarini tölab beriş uçun Fond tomonidan «Ilm yölida kömak beramiz» aksiyasi taşkil etildi.

2018 yil 13 oktabr kuni uşbu aksiyaning birinçi bosqiçi natijalari böyiça taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Marosimda diniy ta'lim muassasalarining eng iqtidorli 39 nafar talabalarining kontrakt pullari tölab berilib, özining iqtidori va qobiliyati bilan Qur'oni karimni töliq yod olgan 15 nafar talaba eng kam iş haqining 10 baravaridan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Umumiy hisobda uşbu aksiyaning birinçi bosqiçi uçun “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 160 mln söm ajratildi.

Tadbirda sözga çiqqan huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev jamoat fondining zarurligini ta'kidladi:

– Turli xil xayriya aksiyalari muntazam ötkazib kelingan. Lekin ularning huquqiy asosi mustahkam emasdi. Masalan, bir qator taşabbuskorlar bilan birga Qozoğiston çöllarida avtobusda yonib ketib halok bölgan 52 nafar yurtdoşimizning oilalariga oz bölsa-da moddiy kömak beriş maqsadida aksiya uyuştirdik. Öşanda nazoratni saqlab turiş maqsadida men özimning plastik karta raqamimni e'lon qildim. Qisqa muddatda 330 million sömdan köproq mablağ töplandi va öşa yurtdoşlarimizning oilalari örtasida taqsimlandi. Lekin tanganing ikkinçi tomoni ham bor. Kimdir şaxsiy kartamga xayriya tuşirayotganimni boşqaça talqin qilişi mumkin bölsa, vakolatli taşkilotlar bu işlarni qaysi hujjatlarga asosan taşkillaştirayotganimizni, bunga huquqiy asosimiz bor-yöqligini suriştirsalar, köp savollarga javob bera olmay qolardik. Çunki bunday aksiyalar tizimli emas, aniq hujjatlarga ega bölmagan edi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondining faoliyat boşlaşi barça huquqiy asoslarga zamin yaratiş bilan birga barça xayriya qiluvçilarni yagona maqsad – ezgulik yölida birlaştirişiga işonaman.

Tadbir yakunida «Vaqf» xayriya jamoat fondining mukofotiga sazovor bölgan Rasuljon Tohirovni suhbatga tortdik.

– Özim andijonlikman, Namanganda tahsil olaman. «Vaqf» fondining mukofotiga loyiq körilganimdan xursand böldim. Mana, 3 mln 250 ming söm miqdorida kontrakt tölovim fond tomonidan qoplab berildi. Ilm olib, kelajakda özim ham «Vaqf» jamğarmasiga kömak beradigan inson bölib yetişişga intilaman.