Bu haqda «Vaqf» fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.
«2022 yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy taşkilotlar va aksiyalar orqali kelib tuşgan mablağlar hamda homiylar va hamkor taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy körinişdagi ehsonlar bilan qöşib hisoblaganda jami 11,5 mlrd sömdan ziyod mablağ xayriya sifatida sarflandi», dedi u.
Sarflangan mablağlar quyidagiça taqsimlangan:
- Diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalaştiriş uçun – 87 217 520 söm;
- Diniy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari, öquvçi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun – 1 294 110 000 söm;
- Masjidlar qurilişi uçun – 436 960 000 söm;
- Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun – 451 656 250 söm;
- Noçor, kömakka muhtoj fuqarolarga turli moddiy körinişda berilgan yordamlar uçun – 2 783 275 801 söm;
- Nogironligi bölgan şaxslarni moddiy qöllab-quvvatlaş uçun – 285 962 000 söm;
- Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun 4 346 902 000 söm;
- Turli xayriya tadbirlari uçun – 1 446 938 600 söm;
- Viloyat vakilliklarining ma’muriy xarajatlari uçun berilgan moddiy yordam – 131 257 000 söm;
- Aholi uçun toza içimlik suvi çiqarişga – 299 378 530 söm;
- «Qur’oni karim va tajvid» kursi tinglovçilarini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun – 10 800 000 söm.
Bundan taşqari, yil davomida içimlik suvi tanqis bölgan turli hududlar, jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasida 6 ta, Qaşqadaryo viloyatida 6 ta, Farğona viloyatida 2 ta, Toşkent viloyatida 1 ta jami 15 ta artezian va minorali suv inşootlari barpo etilib, aholiga xayriya sifatida taqdim etilgan.
Şuningdek, «Vaqf kömagi» loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Farğona viloyatining har birida 30 tadan jami 60 ta qandolatçilik, tikuvçilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy kömakka muhtoj oilaga qiymati 215 623 000 sömlik kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, iş bilan ta’minlangan.











