«Vaqf» xayriya jamoat fondiga yangi rahbar saylandi. Bu haqda fond axborot xizmati xabar berdi.

13 oktyabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazarov raisligida «Vaqf» xayriya jamoat fondi Vasiylik kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi. «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi vazifasida mehnat qilayotgan Ziyovuddin domla Mirsodiqov öz arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilib, fond rahbari lavozimiga uşbu yönalişda katta tajribaga ega bölgan Isaxon Abdullayev kengaş a’zolari tomonidan saylandi.

Isaxon Abdullayev Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutini tamomlagan. U 25 yillik iş malakasiga ega bölib, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantiriş, xayriya jamğarmalarini boşqariş va yordamçi xöjaliklar faoliyatini tartibga soliş borasida katta natijalarga erişgan. Jumladan, u mehnat faoliyati davomida Özbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi, Maxsus jamğarma raisi hamda Muqaddas qadamjolarni saqlaş va obod etiş xayriya jamğarmasi ijroçi direktori kabi muhim lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi örinbosari vazifasida işlayotgan edi.

Şuningdek, yiğilişda fond faoliyatini rivojlantiriş borasidagi kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.

Ziyovuddin domla Mirsodiqov muqaddam Toşkent viloyatidagi «Tursunmat qori», «Eski Toşkent», Andijon viloyatidagi «Jiddai Muborak», Toşkent şahridagi «Yunusobod-Oq tepa» kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifalarida işlagan. Şuningdek, «Sayyid Muhyiddin Maxdum» va «Kökaldoş» madrasalari mudiri vazifalarida mehnat qilgan. 2023 yil yanvarida fond rahbarligiga tayinlangandi.