Qirğizistonning Janubiy Koreyadagi elçisi Qiliçbek Sulton öz davlati hukumatiga işonçsizlik bildirib, boşqa davlatlarning biridan siyosiy boşpana berilişini söragan. Bu haqda Qirğizistonning “24” axborot agentligi ma'lum qildi.
Elçining ijtimoiy tarmoqlardan birida yozişiça, u ayni vaqtda oilasi bilan Janubiy Koreyada qolmoqda, biroq siyosiy boşpana söragan. “Menda na hokimiyatga, na prezidentga bir tomçi işonç bor, men Qirğizistondagi bunday hokimiyatni tan olmayman. Biz prokuratura ham, milliy xavfsizlik qömitasi ham hokimiyat qölida ekanligini bilamiz, men Qirğizistonga qaytmayman”, deb aytgan Sulton. U qaysi davlatdan boşpana söraganini aytişdan boş tortgan.
24 sentabrda Sulton Bişkekdagi matbuot anjumanda çiqiş qilib, Qirğiziston taşqi işlar vazirligi rahbariyatini köplab qoidabuzarliklarda ayblagan. Sultonning ta'kidlaşiça, u Malayziyada elçi bölib işlaganda, elçixonada qonunbuzarliklar va korrupsiya holatlarini aniqlagan. Öşanda diplomat uşbu qonunbuzarliklar haqida hukumatga ma'lum qilgan, tekşiruv ötkazilgan, biroq jinoiy iş qözğatilmagan. Keyinroq Sulton tekşiruvlar davom ettirilişini talab qilib, prezident bilan uçraşişga uringan. “Korrupsiyaga aloqador odamlar hali ham taşqi işlar vazirligida işlaşmoqda”, deb aytgan Sulton.
Uşbu mojaro ortida Qirğiziston taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev 12 oktabrda iste'foga çiqişga qaror qilgan, uning iste'fosi prezident tomonidan qabul qilingan. Şuningdek, Qirğiziston prezidenti Sultonni Janubiy Koreyadagi elçi lavozimidan ozod etiş haqidagi farmonni imzolagan. Sultonning öz lavozimidan ozod etilişi sabablari keltirilmagan, biroq avvalroq uning özi iste'foga çiqişini söraganini ma'lum qilgan.












