Şu yilning 27 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyati markazi Qarşi şahridagi «Baxtli oila» töyxonasida töy marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralaş iste'mol qilişi tufayli 90 kişi zaharlangani haqida xabar berilgan edi.
13 oktabr kuni Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi içki xavfsizlikni ta'minlaş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida «Baxtli oila» töyxonasida ötgan öşa töy uçun uy şaroitida salat tayyorlagan M.Şukurov öziga nisbatan tekşiriş harakatlari olib borilayotgan iş böyiça jinoyat işi qözğatmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga soat 13:15 da Qarşi şahar prokuraturasi tergovçisi Ş.Najmiyevning xizmat xonasida unga 500 (beş yuz) AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda uşlangan.
Boş prokuratura tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga köra, mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












