Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi içki xavfsizlikni ta'minlaş bölimi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Şahrisabz tumani bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbir davomida yirik miqdorda pora beriş jinoyatining oldi olindi.

12 oktabr kuni soat 14:15 da Şahrisabz tuman xalq ta'limi bölimi boş hisobçisi X.Jörayev Şahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan ötkazilayotgan tekşiriş yuzasidan jinoyat işi qözğatmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga Şahrisabz tumani prokurori yordamçisi S.Ğaybullayevning xizmat xonasida unga 2500 (ikki ming beş yuz) AQŞ dollarini pora tariqasida bergan vaqtda uşlangan.

Boş prokuraturaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.