AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining ğoyib bölişi bilan boğliq vaziyatga oydinlik kiritmoqçi va agarda buning ortida Ar-Riyod turgan bölsa, "keskin jazo" bölişi mumkinligini istisno etmadi.

"Agarda şunday bölsa, biz juda darğazab va norozi bölamiz. Ular hozirça buni inkor etişmoqda", — dedi AQŞ prezidenti CBS telekanalining 60 minutes körsatuvida. "Biz oxirigaça yetib boramiz. Va jazo keskin böladi", — ta'kidladi AQŞ prezidenti.

Tramp agarda buning ortida Ar-Riyod turgan bölsa çeklaş çoralari kiritilişi mumkinligini istisno etmadi, ammo Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berişdan voz keçmasligini va amerikaliklarni işsiz qoldirmasligini ta'kidladi. "Bu buyurtmani olişni jahonda hamma xohlagandi –Rossiya ham, Xitoy ham", — dedi Tramp.

Washington Post gazetasida şarhlovçilik qiladigan Jamol Qoşiqçi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kirganidan söng yöqolib qolgandi. 

Payşanba kuni Washington Post gazetasi Turkiya AQŞga jurnalistning qiynoqqa solingani va öldirilganini isbotlovçi audio va videoyozuvlar mavjudligini bildirganini yozgandi. Gazeta manbasining sözlariga köra, Qoşiqçi 2 oktabr kuni konsullik binosiga kirganidan söng öldirilgan va tanasi nimtalangan.

Saudiya hukumatining ta'kidlaşiça, jurnalist konsullik binosidan çiqib ketganidan söng yöqolib qolgan. Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan Saudiya Arabistoni jurnalistning yöqolib qolişiga aloqador emasligini isbotlaşi şartligini bildirdi.