Jizzax şahar aholisi jamoat transportidan foydalanişda köplab muammolarga duç kelayotgani bor gap. Şahar markazida 14 yönalişda 185 ta avtobus qatnovi belgilab berilgan. Hamyurtlarimizning haqli e'tirozlariga sabab bölayotgan muammolardan biri, bir neça mahallalarga (jumladan, “Qipçoq”, “Turon”, “Jilliğulli”, “Boğişamol”) avtobus qatnovi yölga qöyilmagan. Bu vaziyatda esa “Damas” haydovçilari va “uçar taksi”lar yölkira haqini oşirib olişgan. Bu esa şahar markazidagi maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilari, öquvçi va talabalar, işçi xodimlar, keksalar, nogironlarga noqulaylik tuğdirmoqda.

Avtobuslar öz vaqtida belgilangan grafik asosida qatnamay, hududdagi “Kök bozor” va “Orom” bozorlari atrofida yölovçi poylab, avtoulov saloni liq tölmaguniça joyidan qözğalmaydi. Haydovçilarning qöpol muomalasi könglingizni ranjitsa, har 20-30 metrda töxtab yölovçi terişi asabingizni buzadi. Qoida böyiça har bir bekat oraliği 500 metrdan iborat bölişi kerak emasmi? Yölkira haqi 800 söm. Ammo bir oydirki haydovçilar heç bir asossiz yölkira haqini 1000 söm qilib belgilab qöyişgan. Bu holatga Özbekiston avtomobil transport agentligi Jizzax viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari Abdumurod Bobomullayev şunday izoh berdi.

- Ayni paytda Jizzax şahrida 185 ta avtobus qatnovi yölga qöyilgan. Şaharliklarni bu boradagi ehtiyojini qondiriş uçun yana 50 ta avtobus zarur. Şu sababli ba'zi bir hududlarni avtobus bilan ta'minlaşning iloji yöq. Şuningdek, şaharda faoliyat yuritayotgan transport uyuşmalarining barçasi xususiy hisoblanadi. Mazkur uyuşmalar tomonidan daromadli yönalişlar qamrab olindi. Nisbatan kam foyda beradigan yönalişlarga avtobuslar qöyilmadi. Keltirilgan muammolarning asl sababi şunda. Şu bois joriy yilning söngiga qadar 50 dona avtobus xarid qiliş qiliş uçun Samarqand avtomobil zavodi hisob raqamiga pul ötkazilgan. Bekatlarning yöqligi va avtobuslarning ma'lum bir grafik asosida qatnamasligini bartaraf etiş maqsadida Jizzax viloyati hokimligiga takliflar kiritganmiz. Haydovçilarning mas'uliyatsizligi va keltirilgan kamçiliklarda yurtdoşlarimizning ham qisman aybi bor deb öylayman. Bu vaziyatda mahalla faollari, oqsoqollar va jamoatçilikning ta'siri zarur.

Kunlik rejani bajarişga majburmiz. Gohida özimizga ham pul yetkazolmaymiz. Buning ustiga ulovning remonti bor, şunga majburmiz. Hozir hamma “taksiçi”. Noqonuniy taksiçilar faoliyatiga barham berilmas ekan ahvol şu taxlit davom etaveradi.

Bu vaziyatga yölovçilar ham fikr bildirişdi. Özini Dilfuza Mamadaliyeva deb taniştirgan yölovçi şunday deydi:

- Qöllarida pul bilan avtobuslarga intilayotgan maktab öquvçilarining sarsongarçiligiga barham berilsa, farzandlarimiz uçun maxsus avtobuslar qatnovi yölga qöyilsa yaxşi bölar edi.

Nodira Pardayeva ismli onaxonning ham gaplarida jon bor.

- Uyuşmalar tajribali haydovçilarni emas, köproq yoş yigitlarga işonib avtoulovni topşiryapti. Özingiz öylab köring, ayrim yoşlar qoni qaynoq. Ba'zi hollarda ularni kimözarga poyga öynaşi, qöpollik bilan yölovçilarga muomala qilişi kişini ranjitadi. Axir ular yölovçilarning hayotiga mas'ul emasmi? Maqsad faqat pul topiş bölmasligi kerak. Sifatli xizmatni yölga qöyiş uçun, avvalo, madaniyatni özimizdan boşlaylik. Çiptalar sotişni yölga qöyiş, dispetçer xonalarini taşkil qiliş kerakdir balki...

Ba'zi fikr bildiruvçilar ahvol heç qaçon özgarmasligini va bunga ança borligini oçiq aytişdi. Muammolardan köz yumib ketolmaymiz. Maqsadimiz aybdor qidiriş emas, balki köpçilik hamyurtlarimiz uçun oddiy holatga aylanib ulgurgan kamçiliklarni bartaraf etiş. Haydovçilarning mas'uliyatsizligi, qatnovlardagi kamçiliklarda özimizda ham ayb bor. Loqaydmiz. Bu vaziyatda mahalla faollari, oqsoqollar va jamoatçilikning ta'siri zarur. Öşa noqonuniy harakatlanayotgan “taksi” egalari ham begona emas, jizzaxliklardir. Masalaga Jizzax viloyatidagi tegişli taşkilot mutasaddilari e'tibor qaratişiga va kamçiliklar ijobiy yeçim topişiga umid boğlaymiz.

Gulçehra Şaripova