Toşkentda 20 ta avtobus yönalişining harakatlaniş vaqti soat 23:00 gaça uzaytirilişi reja qilindi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahri Kengaşining qarorida belgilangan.
Qayd qilinişiça, ötkazilgan sotsiologik sörovnoma tahlillari poytaxtda soat 21:00 dan keyin jamoat transporti qatnovining keskin kamayib ketişi yoki butunlay töxtab qolişi fuqarolarning kundalik hayotida jiddiy noqulayliklar tuğdirişini körsatgan.
Taʼkidlanişiça, bu holat ayniqsa keçki smenada işlovçilar, talabalar hamda şahar mehmonlari uçun qiyinçilik tuğdirib, Toşkentning keçki va tungi iqtisodiy faolligini rivojlantirişga bevosita tösiq bölmoqda.
Yuzaga kelayotgan uşbu uzilişlarni bartaraf etiş maqsadida «Toşşahartransxizmat» AJ hamda Toşkent şahar Transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasiga 2026-yil 1-dekabrga qadar keçki va tungi qatnovlarni izçil yölga qöyiş topşirildi.
Yangi tartibga köra, temiryöl va avtovokzallar, xalqaro aeroport, metro stansiyalari hamda aholi ziç yaşaydigan mavzelarni boğlovçi 20 ta avtobus yönalişida keçki soat 23:00 ga qadar harakatlaniş taʼminlanadi.
Bunda 15 tasi magistral va 5 tasi boğlovçi yönalişlar sifatida ajratilgan. Ular quyidagilar:
Ular quyidagilar:
1 - Qoraqamiş-2/4 mavzesi - «Mustaqillik maydoni» metro bekati;
14 - TTZ avtostansiyasi - Şimoliy vokzal;
18 - Örikzor bozori - «Çorsu» savdo markazi;
21 - Qoraqamiş-2/4 mavzesi - «Çilonzor» metro bekati;
24 - Yangi Çoştepa mavzesi - Toşkent vokzali;
28 - Ibn Sino-2 mavzesi - «Çorsu» bozori;
38 - Örikzor bozori - Döstlik-2 mavzesi;
44 - Yaşnobod dehqon bozori - Yunusobodning 19-mavzesi;
46 - «Beruniy» metro bekati - Binokor qörğoni;












