Toşkent şahri Şahrisabz köçasida uzunligi qariyb 1 kilometr bölgan yangi alohida avtobus yölagi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.

Xabarga köra, endilikda Şota Rustaveli va Şahrisabz köçalari böylab taşkil etilgan uzluksiz BRT (bus rapid transit) yölagining umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.

Yangi yölak Şahrisabz köçasining Amir Temur şohköçasi bilan kesişmasidan Maxtumquli köçasi bilan kesişmasigaça bölgan oraliqda - Toşkent davlat şarqşunoslik universitetidan Toşkent şahar 6-son tuğruq majmuasigaça masofada joylaşgan.

Qayd etilişiça, yölning markaziy qismida taşkil etilgan BRT yölaklari avtobuslarning umumiy transport oqimidagi tirbandliklarga boğliqligini kamaytiradi. Natijada avtobuslarning keçikişi qisqaradi, qatnovlar muntazamligi oşadi va yölovçilar manzilga yetib boriş vaqtini aniqroq rejalaştiriş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, xabarda aytilişiça, poytaxtning Sergeli va Yunusobod tumanlarini istiqbolda özaro boğlaydigan yagona transport yölagi bosqiçma-bosqiç şakllantirilmoqda.

Sentabr oyida Şahrisabz köçasidagi BRT yölagining birinçi bosqiçi foydalanişga topşirilgandi.