SpaceX raketasi Falcon 9 noyabrda orbitaga yagona vazifasi tungi osmonda yaraqlab turişdan iborat böladigan obektni olib çiqadi. Ma'lum qilinişiça, Orbital Reflector (Orbitaviy akslantirgiç) deb nomlangan uşbu loyiha taşabbusçisi amerikalik fotosuratçi, operator va siyosiy faol Trevor Peglin hisoblanadi.

“Men boşqa loyihalar bilan işlayotib, fazoda ançadan beri harbiylar xöjayinlik qilayotganiga e'tibor qaratdim va fazo boşqaça bölişi ham mumkinligi haqida öylay boşladim. Şunda menda hozirgi koinot qurilmalarining töliq aksi bölgan sun'iy yöldoş yaratiş istagi paydo böldi”, deb aytgan 44 yoşli Peglin.

Loyihaga köra, raketa orbitaga poyafzal qutisi ölçamidagi konteynerni olib çiqişi közda tutilgan. Bu konteynerda issiqlikka bardoşli plyonkadan tayyorlangan şişiriladigan sun'iy yöldoş joylangan böladi. Yerdan 560 km balanddlikda plyonka oçilib, uzunligi 30 metrdan kattaroq art-obekt körinişini oladi. Plyonka quyoş nurini akslantiriş xususiyatiga ega bölib, aynan şu omil loyihada muhim rol öynaydi.

Peglinning hisob-kitobiga köra, obekt 3 oy davomida tungi osmonda porlab turadi. Uni kuzatiş uçun teleskop yoki biror boşqa optik asboblar talab etilmaydi. Söngra obekt atmosferaning ziç qatlamlariga tuşib, yonib ketadi.