Astroscale’ning mudofaa loyihalari yönalişi rahbari Aleks Godfrining aytişiça, kompaniya «tansoqçi» sunʼiy yöldoşni uç yildan kam vaqt içida uçirişga tayyor holatga keltira oladi.
Ğoyaning asosida kompaniyaning orbitadagi obyektlarga yaqinlaşiş va ular bilan işlaş böyiça tajribasi yotadi. Astroscale 2024-yilda ADRAS-J missiyasi doirasida yapon raketasining işlatib bölingan bosqiçini bevosita orbitada yaqindan tekşirgan. Apparat Yerga yaqin past orbitada faoliyat olib borgan.
2021–2024-yillarda davom etgan ELSA-d missiyasida esa kompaniya tijorat loyihasi doirasida kosmik obyektlarni uşlaş texnologiyasini namoyiş etgan. Endi şu imkoniyatlarni boşqa sunʼiy yöldoşlarni himoya qilişga moslaştiriş taklif etilmoqda.
Godfrining tuşuntirişiça, orbitada texnik xizmat körsatuvçi apparatlar juda yuqori manyovrlikka ega bölişi kerak. Masalan, sunʼiy yöldoşga yonilği quyiş yoki işdan çiqqan obyektni orbitadan çiqariş uçun unga bevosita tutaşiş darajasida yaqinlaşiş zarur.
Kompaniya vakili ana şu aniq harakatlaniş imkoniyatlari orbitadagi muhim obyektlarni qöriqlaşda ham qöl kelişi mumkinligini taʼkidlagan.
Taklif kosmik apparatlar xavfsizligiga oid xavotirlar kuçaygan paytda bildirildi. Space.com xabariga köra, Rossiya sunʼiy yöldoşi ICEYE kompaniyasiga tegişli, Yer yuzasini radar yordamida kuzatuvçi apparat yaqinida manyovrlar bajargan. Bu holat yöldoşga ehtimoliy zarar yetkazilişi mumkinligi haqida xavotir uyğotgan.
«Tansoqçi» yöldoşning vazifasi begona apparatlarning himoya qilinayotgan obyektga xavfli darajada yaqinlaşişining oldini olişdan iborat böladi.
Godfri bu ğoyani aviataşuvçini qöriqlaş tizimiga qiyoslagan. Uning aytişiça, aviataşuvçi dengizga yolğiz çiqmaydi - uni kiçikroq va arzonroq harbiy kemalar kuzatib boradi hamda himoya qiladi. Orbitada ham qimmatbaho yöldoşlarni nisbatan ixçam apparatlar qöriqlaşi mumkin.
Kompaniya vakili bunday himoya apparatini yaratiş Buyuk Britaniya kabi alohida bir davlatning texnik va moliyaviy imkoniyatlari doirasida ekanini aytgan.
Şu bilan birga, u umumevropa «tansoqçi» yöldoşlar guruhini taşkil etişni taklif qilgan. Bunday apparatlar muhim kosmik obyektlar joylaşgan hududlarni patrul qilib, bir neçta ittifoqçi davlatning yöldoşlarini birgalikda himoya qilişi mumkin.












