Bu raqamlar Rossiya federal byudjeti loyihasiga ilova qilingan materiallarda keltirilgan.

Rejaga köra, 2027-yilgi mablağlarning bir qismi Rossiya orbital stansiyasi - ROS loyihasini amalga oşiriş uçun zarur infratuzilmani rivojlantirişga yönaltiriladi.

Xususan, kosmik majmuaning yerdagi infratuzilmasini yaratiş uçun qariyb 2,1 mlrd rubl ajratiş közda tutilgan. Stansiyani yaratiş uçun zarur obyektlarning kapital qurilişiga esa yana qariyb 2,36 mlrd rubl rejalaştirilgan.

Byudjet loyihasining tuşuntiriş xatida «Ekipajli kosmonavtika» federal loyihasi böyiça xarajatlar ham keltirilgan. Unga:

  • 2027-yilda - qariyb 112,46 mlrd rubl;

  • 2028-yilda - qariyb 107,8 mlrd rubl;

  • 2029-yilda - qariyb 119,5 mlrd rubl ajratilişi rejalaştirilmoqda.

Uşbu körsatkiçlar kengroq «Ekipajli kosmonavtika» loyihasiga taalluqli bölib, ularning barçasi faqat orbital stansiya qurilişi uçun möljallanmagan.

ROS böyiça keltirilgan 136,72 mlrd rubl ham stansiyaning butun quriliş davridagi yakuniy qiymatini anglatmaydi. Bu 2027–2029-yillarda uni yaratiş va ekspluatatsiyasini taʼminlaş uçun byudjet loyihasida nazarda tutilgan mablağdir.