«Mançester Yunayted» klubi xöjayinlari klubni sotib olişni istayotgan Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonga rad javobini berişgan.

Turkiyadagi SonDakika naşri xabariga köra, bunga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasida ğoyib bölgani va uning ölimiga doir suriştiruvlar ötkazilayotgani sabab qilib körsatilmoqda.

Biroz avvalroq Mançester klubi Saudiya taxti vorisi bölgan şahzodaning ixtiyoriga ötişi borasida turli xabarlar tarqalgandi.

Ayni paytda klub xöjayini bölib turgan amerikalik Gleyzerlar oilasi şahzoda bilan muzokaralar ötkazişga hozirlik körayotgani aytilgandi.

Angliya matbuotida yaqin kunlarda Avraam Gleyzer Ar-Riyodda Muhammad bin Salmon bilan uçraşişi yozilgandi. 

OAV xabarlarida aytilişiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi inglizlar klubi uçun 4 milliard yevro berişga tayyor ekanini bildirgan.

Qayd etilişiça, Istanbulda Jamol Qoşiqçining sirli tarzda yöqolişi saudiyaliklarga, xususan, şahzodaga boğlanayotganii Gleyzerlarni ahdidan qaytargan.  

«Mançester Yunayted» sotilmaydi», deb bayonot berişgan Gleyzerlar oilasi vakillari.