Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Öquvçilarni psixologik-pedagogik qöllab-quvvatlaş işlarini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining umumiy örta ta'lim muassasalarida öquvçilarni psixologik-pedagogik qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar umumiy örta ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni ta'lim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etiş;

ilğor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik taşxis tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etiş;

psixologik yönalişdagi öquv-metodik majmualarning yangi avlodini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;

turli yoş davrlarida öquvçilarning şaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanişini psixologik jihatdan kuzatib boriş, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlaş, ularning şaxsini şakllanişida sodir bölişi mumkin bölgan har qanday salbiy oğişlarning oldini oliş;

psixologik xizmat faoliyatini taşkil etiş işlarini tubdan yaxşilaş, öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş va psixologik-pedagogik taşxis, korrektsion-rivojlantiruvçi, psixoprofilaktika va psixologik maslahat işlari samaradorligini oşiriş;

pedagogik jamoalarda soğlom psixologik muhitni yaratiş
va qöllab-quvvatlaş, jamoa a'zolarining hissiy-emotsional holatlarini, şaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korrektsiyalaş, ularning psixologik madaniyatini yuksaltiriş;

ta'lim jarayoni barça sub'yektlarining psixologik salomatligini muhofaza qiliş, öquvçilar va pedagogik  jamoalarda, öquvçilar oilalarida soğlom psixologik muhitni saqlaş böyiça çoralar belgilaş, kelib çiqişi mumkin bölgan nizolarning eng maqbul yeçimlarini topiş, aniqlangan muammolarni hal etişda amaliy yordam körsatiş;

iste'dodli va iqtidorli öquvçilarni aniqlaş, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqişlarini örganiş, qobiliyatlarini namoyon etişlari va rivojlantirişlari uçun şaroit yaratiş;

öquvçilarning tuğma layoqati, qiziqişlari, qobiliyati hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida töğri kasb-hunar tanlaşlariga kömaklaşiş;

öquvçilarning şaxsiy va ijtimoiy rivojlanişini kuzatiş, ijtimoiy sörovlar ötkaziş va psixologik-pedagogik taşxis qiliş orqali ularning ta'lim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslaşuvini ta'minlaş;

pedagog xodimlar, öquvçilar hamda ota-onalarning
psixologik-pedagogik bilimlarini oşirişga kömaklaşiş;

ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy ta'sirlarga moyilligi mavjud bolalar va ösmirlarni psixologik kuzatib boriş, ularning
xulq-atvor motivlarini örganiş, ta'lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslaşa olmaslik holatlarini korrektsiyalaş, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş böyiça tadbirlarni taşkil etiş va amalga oşiriş;

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy ta'siri, yoşlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelişi holatlarining oldini olişga qaratilgan tadbirlarni ötkaziş;

öquvçilarning ta'lim va tarbiyasi, öquvçi-yoşlar xulqidagi moyilliklar, şaxsning oilaga va jamiyatga moslaşuvi, ijtimoiy muammolari böyiça psixolog va pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat taşkilotlarining samarali hamkorligini ta'minlaş.