DW xabariga köra, Fransiya içki işlar vaziri Loran Nunes 2-oktabr kuni TF1 telekanali efirida namoyişlar davomida uşlanganlar sonini maʼlum qilgan.
Taʼlim vazirligi esa mamlakatdagi 3 700 ta örta maktabdan 564 tasida iş taşlaşlar va tösib qöyiş holatlari qayd etilganini bildirgan.
Taʼlim vaziri Eduar Jeffrening BFMTV efirida aytişiça, tartibsizliklar oqibatida 65 nafar maktab xodimi, jumladan, 40 nafar direktor jarohatlangan. Yuzdan ortiq maktab binosiga zarar yetkazilgan.
Vazir namoyişlar kengayişini ijtimoiy tarmoqlar bilan boğladi
Içki işlar vaziri norozilik harakatlarining kölamini katta va kutilmagan deb baholagan.
U namoyişlarning tez yoyilişini, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar hamda öquvçilar çiqişlarini qöllab-quvvatlayotgan söl populistik «Böysunmas Fransiya» partiyasi taʼsiri bilan boğlagan.
Nunesning taʼkidlaşiça, zöravonlik bilan boğliq vaziyat taşkilotçilar nazoratidan butunlay çiqib ketgan.
Belforda politsiyaçiga hujum qilindi
2-oktabr kuni Fransiya şimoli-şarqidagi Belfor şahrida olingan video keng eʼtiborga tuşgan. Unda politsiya xodimini yerga yiqitib, tepkilaşayotgani aks etgan.
Içki işlar vazirining maʼlumotiga köra, politsiyaçi hujum oqibatida huşini yöqotgan va şifoxonaga yotqizilgan. Keyinçalik uning ahvoli jiddiy xavotir uyğotmayotgani bildirilgan.
Hodisa yuzasidan jinoyat işi oçilgan. Belfor prokurori tergov doirasida 17 yoşli ösmir uşlanganini maʼlum qilgan. Biroq uning hujumdagi aniq roli hozirça belgilanmagan.
Öquvçilar nimadan norozi?
Dastlabki norozilik aksiyalari 21-sentabr kuni Parij yaqinidagi Kretey şahrining Sent-Ekzyuperi litseyida boşlangan. Keyin ular mamlakat böylab tarqalgan.
Yuqori sinf öquvçilari sinflarda öquvçilar haddan taşqari köpligi, öqituvçilar yetişmasligi va taʼlim muassasalarining yomon holatidan norozi. Şuningdek, ular dars jadvali haddan taşqari tiğiz ekanini aytmoqda.

















