DW naşrining AFP agentligiga tayanib xabar berişiça, Fransiya içki işlar vaziri Loran Nunes 30-sentabr kuni namoyişlar 356 ta maktabni qamrab olganini maʼlum qilgan. Bir kun avval ularning soni 338 ta bölgan.

Noroziliklar boşlanganidan buyon 625 kişi uşlangan. Töqnaşuvlarda 83 nafar politsiya va jandarmeriya xodimi jarohatlangan.

Fransiya Taʼlim vazirligi maʼlumotlariga köra, ötgan haftadan buyon 119 nafar öquvçi va 34 nafar maktab xodimi ham jabrlangan. Vazir Eduar Jeffre vaziyatni «taʼlim sohasida misli körilmagan holat» deb atagan.

Namoyişlar dastlab Parij va uning atrofini qamrab oluvçi Il-de-Frans hududida boşlangan, keyin esa mamlakat böylab tarqalgan.

Yuqori sinf öquvçilari sinflarda bolalar soni haddan taşqari köpligi, pedagoglar yetişmasligi, taʼlim muassasalarining yomon ahvoli hamda, ularning fikriça, dars jadvali öta tiğizligidan norozi.

Ayrim yirik şaharlarda namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylangan. Baʼzi holatlarda namoyişçilar toş va yonuvçi aralaşma solingan şişalardan foydalangan. Politsiya esa közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron köplab yoşlarning «xavotiri va ğazabini» tuşunişini bildirgan. Biroq u bu muammolarning heç biri zöravonlikni oqlamasligini taʼkidlagan.

Hukumat öquvçilar öz xavotirlari va talablarini bildirişi uçun muloqot platformasini taşkil etişini eʼlon qilgan. U 6-oktabrdan keçikmay işga tuşişi kerak. Şundan söng rasmiylar vaziyatni umummilliy miqyosda tahlil qilişni rejalaştirmoqda.

«Qanday bölmasin, öquvçilarimizning darslarga qaytişiga erişişimiz kerak», - degan taʼlim vaziri.

AFP qayd etişiça, söl populistik «Böysunmas Fransiya» partiyasi öquvçilarning norozilik harakatini qöllab-quvvatlamoqda. Partiya yetakçisi Jan-Lyuk Melanşon öz siyosiy kuçi zöravonliksiz namoyişlarga çaqirayotganini bildirgan.