Muxolif jurnalisti Jamol Qoşiqçini öldirganlikda gumon qilinayotganlar Saudiya Arabistoni valiahdi şahzodasi Muhammad bin Salmon bilan aloqalarga ega. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, şubhali şaxslardan biri şahzodaga çet elga safarlarda bir neça bor hamrohlik qilgan, fotosuratlarda u qöriqçilar oldida turibdi. Yana bir gumonlanuvçi - Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligida yuqori lavozimga ega bölgan sud şifokori. 

Naşr ma'lumotlariga köra, turk politsiyasi tomonidan aniqlangan 15 nafar gumondorning kamida töqqiz nafari Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmati, harbiy idoralar va vazirliklarda işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamğarmasi direktori Kristin Lagard Saudiya Arabistoniga borişdan boş tortgandi.