AQŞning yetakçi beşta oliy öquv yurti iltimosiga köra, Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi binosida joriy yilning 14 oktabr kuni ekskursiya va Özbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi hamda turistik salohiyati haqida taqdimot ötkazildi.
TIV ma'lumotlariga köra, Boston, Nyu-York, Kaliforniya va Beylor universitetlari, şuningdek, Ohayo ştati universiteti öqituvçi va talabalari Özbekistonning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, takrorlanmas arxitekturasi, mamlakatda ayni paytda ötkazilayotgan islohotlar bilan qiziqişgan.
«Mehmonlar uçun Elçixonaning tarixiy binosi va mamlakatimizdan olib borilgan eksponatlar muzeyi böylab tur taşkil qilindi. Özbekiston hunarmandlari va musavvirlarining san'at namunalaridan iborat yirik kolleksiya talabalarda katta qiziqiş uyğotdi. Diplomatlar özbek xalqining tarixi, madaniyati va udumlari haqida tuşunçalar berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarişdi», — deyiladi taşqi siyosat idorasining xabarida.
Talabalarni köproq Özbekistonga qaysi payt borgan ma'qul, töğridan-töğri reyslar bor-yöqligi, amerikaliklar uçun viza talab etiliş-etilmasligi qiziqtirgan. Ayniqsa, Toşkent, Samarqand va Buxoroning osori-atiqalari taqdimoti, Buyuk Ipak yöli böylab yangi turistik yönalişlar taqdimoti ularning diqqatlarini jalb qilgan.
Taşrif nihoyasida talabalar Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasiga mazkur tadbir uçun minnatdorçilik bildirişgan.












