Bugungi kunda Özbekistonda 230 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor davlat röyxatidan ötib faoliyat yuritmoqda. Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan yangi röyxatdan ötgan yakka tartibdagi tadbirkor, şu jumladan, oilaviy tadbirkorlik sub'yekti qat'iy belgilangan soliqni davlat röyxatiga olingan oyidan emas, balki keyingi oydan boşlab tölaşi belgilab qöyilgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Davlat soliq qömitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Şu bilan birga, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari kollejni tamomlaganidan keyin ön ikki oy içida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötgan taqdirda, olti oy muddatga qat'iy belgilangan soliqni tölaşdan ozod etilgan.
Ötgan yilda uşbu imkoniyatdan respublikamiz böyiça 94,6 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor foydalanib, şundan 85,7 ming nafari yangi röyxatdan ötgani uçun, 8,9 ming nafari yuridik şaxs taşkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik şaklidagi faoliyatni amalga oşiruvçi tadbirkorlik sub'yekti sifatida qat'iy belgilangan soliq va suğurta badali tölovlarini öz faoliyatini yölga qöygan.
Qolaversa, 2018 yilda 13 ming nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvçisi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötib, 19,5 mlrd. söm imtiyozdan foydalangan holda qat'iy belgilangan soliqni tölaşdan olti oy muddatga ozod etilgan.
Öz navbatida, eslatib ötiş joizki, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötganidan boşlab ön ikki oy içida faoliyati tugatilgan yoki faoliyati uç va undan köp oyga töxtatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq tölovi faoliyat amalga oşirilgan butun davr uçun tölanişi belgilangan.











