Dekabr oyida BAAda klublar örtasidagi jahon çempionati ötkaziladi.
FIFA turnirda işlaş uçun har konfederatsiyadan bittadan brigadani tanlab oldi.
Ular - Janluka Rokki (Italiya), Riuji Sato (Yaponiya), Mahdiy Obid Şarif (Jazoir), Jair Marrufo (AQŞ), Uilton Sampayo (Braziliya) va Mett Konger (Yangi Zelandiya).
Bundan taşqari, musobaqada Pavel Gil (Polşa), Massimiliano Irrati (Italiya) va Danni Makkeli (Niderlandiya) hakamlarning videoyordamçisi sifatida faoliyat yuritadi.
Ayni paytda klublar örtasidagi jahon çempionatining 4ta iştirokçisi ma'lum: Real (Madrid), Guadalaxara (Meksika), Vellington (Yangi Zelandiya), Al-Ayn (BAA, mezbon). Yana uçtasi yaqin orada aniqlanadi.
Eslatib ötamiz, 2017 yilda ötkazilgan klublar örtasidagi jahon çempionatida Ravşan Ermatov boşçiligidagi hakamlar brigadasi işlagan edi.










