Möğuliston hukumati Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In va AQŞ prezidenti Donald Trampning navbatdagi uçraşuvini ötkazişga oçiq. Bu haqda Möğuliston içki işlar vaziri Damdin Tsogtbaatar ma'lum qildi. 

Tsogtbaatar Möğulistonning bundan asosiy maqsadi Şimoliy Koreya va AQŞ örtasidagi muloqotning davom etişiga kömak berişdan iboratligini ta'kidlab ötgan. 

Vazirning ma'lum qilişiça, Möğuliston hukumati joriy yilda Möğuliston va Şimoliy Koreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 70 yilligi munosabati bilan Kim Çen Inni taklif qilgan. Ikki davlat örtasidagi diplomatik aloqalar 1948 yil 15 oktabrda örnatilgan. 

Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton Tramp va Kim Çen In örtasidagi yangi uçraşuv yaqin ikki oy içida bölib ötişi mumkinligini ma'lum qilgan. Janubiy Koreya OAVlari esa uçraşuv noyabr örtalarida Jyeneva yoki Stokholmda bölib ötişi mumkinligini xabar qilgan.