Amerika Qöşma Ştatlarida Örta va kiçik masofadagi raketalar böyiça bitimdan (ÖKMRB) voz keçiş taklif qilinmoqda. Bunday xatti-harakatlar haqida prezidentning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton gapiryapti, deb yozadi The Guardian.

Gazeta ma'lumotiga köra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, sababi Davlat departamenti va Pentagonning bir qator xodimlari bu taşabbusga qarşi çiqişmoqda. Duşanba kuniga rejalaştirilgan muhokamalarni keçiktiriş haqida qaror qabul qilindi.
Ta'kidlanişiça, Bolton 2010 yilda AQŞ va Rossiya örtasida tuzilgan strategik hujumkor qurollarni qisqartiriş hamda çeklaş böyiça şartnomani uzaytirişni ham bloklab qöyişni xohlamoqda.
Şartnomaga köra, davlatlar yadroviy jangovar kallaklar, qit'alararo ballistik raketalar va boşqa strategik qurollarni kamaytirişlari kerak.
Örta va kiçik masofadagi raketalar böyiça bitim (ÖKMRB) tomonlarga harakatlar masofasi 500 dan 5,5 ming kilometrgaça bölgan, yerda joylaşuvçi ballistik raketalar va qanotli raketalarga egalik qilişga ruxsat bermaydi. Hujjat 1987 yilda imzolangan. Rossiya va AQŞ muntazam ravişda bir-birini uning şartlarini buzganlikda ayblab keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlar keskinlaşişini taxmin qilgandi.

















