Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikriça, Rossiya-Amerika munosabatlari Qöşma Ştatlardagi saylovlar arafasida içki siyosiy manfaatlar qurboni böladi. U bu haqda «Perviy kanal»dagi «Bolşaya igra» telekörsatuvi efirida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, AQŞda bu milliy tomoşaga aylanmoqda, sababi Rossiya-Amerika munosabatlarining körinişi köp jihatdan AQŞ içki siyosiy muhitining öziga xos mahsulotidir.

«Hozir, katta ehtimol bilan, vaziyat yanada keskinlaşadi. Buni osonlikça taxmin qiliş mumkin», - dedi Peskov.

Matbuot kotibining qöşimça qilişiça, Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp hozirgi paytda alohida munosabatlarga ega emas, çunki bunga imkoniyat ham bölmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml: Vaşingtonning özi taşabbus körsatmayotgani haqida bayonot bergandi.