Tayvan hukumati yakşanba kuni sodir bölgan temiryöl halokatida 18 kişi halok bölgani va 168 kişi jarohatlanganini ma'lum qildi.

Yakşanba kuni ertalab Şulin şahridan Taydun şahriga ketayotgan Puyuma Express tezyurar poyezdi relsdan çiqib ketgan bölib, halokat sababi hozirça aniqlanmadi. Halokat vaqtida poyezdda 366 kişi bölgan.

Mahalliy hukumat uşbu halokatni orolda keyingi 37 yildagi eng yirik temiryöl halokati deb atadi. 1981 yil martda yuk maşinasi bilan töqnaşiş oqibatida poyezd relsdan çiqib ketgan va 30 kişi halok bölib, 130 kişi jarohat olgandi.