Joriy yil avgust oyida Tayvanning Tinç okeani sohilida Xitoyning qirğoqni qöriqlaşga kömaklaşuvçi harbiy-dengiz floti qayiği yana ikkita kema bilan birga közga taşlangani maʼlum böldi. Apex Aviation kuzatuv hisobotini körib çiqqan Reuters naşriga köra, uşbu nozik hududda bunday turdagi kema birinçi marta uçramoqda.

Hisobotda "Minfudingyu 07902" baliq ovlaş qayiği sifatida qayd etilgan. Bundan taşqari, u Xitoy harbiylaştirilgan kemasi vazifasini ham bajaradi. Uşbu kema avgust oyi örtalarida Xitoy qirğoqni qöriqlaş katerlari va ilmiy-tadqiqot kemasi bilan birgalikda harakatlanayotganida közga taşlangan.

Uçala kema "Xitoy kemalari köp foydalanmaydigan hududda" faoliyat yuritgan va ular ustidan "kuçaytirilgan nazorat örnatilgan".

Naşrning yozişiça, Tayvanni öz hududi deb hisoblaydigan Xitoy iyun oyidan beri muntazam patrul xizmati bilan orolning şarqiy qirğoğida faollikni oşirmoqda. Tayvan Pekinning suverenitet daʼvolarini rad etdi. Rasmiylarning Reuters'ga aytişiça, Xitoy özining harbiy, harbiylaştirilgan va fuqarolik vositalaridan foydalanib, ehtimoliy dengiz qamaliga tayyorgarlik körmoqda.

Tayvan şarqiy qirğoğida köringan Xitoy harbiy kemalarining joylaşuv xaritasi / Foto: Reuters

Tayvan esa qamal yoki ziddiyat yuzaga kelganda aynan şarqiy qirğoqdagi hududni ittifoqçilarning taʼminot yöllari uçun öta muhim deb hisoblaydi.

Rasmiylar nima deydi?

Xitoy "huquqni muhofaza qiliş va ilmiy tadqiqotlarni niqob sifatida işlatib, ziddiyatsiz ssenariy paytida – de-fakto yurisdiksiya illyuziyasini yaratiş uçun öz harakatlari qamrovini kengaytirmoqda". Tayvan Mudofaa vazirligi hisobot haqida söralganda Reuters agentligiga aynan şunday izoh bergan.

Şuningdek, vazirlik bunday harakatlar xalqaro tartibga putur etkazişi va Tayvanning dengiz huquqlariga xavf tuğdirişini aytib ötdi.

Xitoyning Tayvan işlari böyiça boşqarmasi va Mudofaa vazirligi esa izoh sörab yuborilgan sörovlarga javob bermagan.