20 oktabr, şanba kuni Janubiy Koreyaning Kyonsan-Namdo viloyati, Kimxe şahridagi köp qavatli uyda yonğin sodir böldi.

Koreyaning news.naver.com naşri xabariga köra, yonğin oqibatida Özbekistondan kelgan migrantlarning tört nafar farzandi jabr körgan. Ulardan biri, 4 yoşli bola hodisa tufayli halok böldi. Boşqa uç nafar bola jiddiy jarohat olgan.

Soat 19:40da boşlangan yonğin yigirma daqiqadan söng öçirildi. Bolalar binoning ikkinçi qavatida aniqlandi.

Boşqa ommaviy axborot vositalari xabariga köra, halok bölganlar orasida 14 yoşli qiz ham bor.