Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligi xodimlari jurnalist Jamol Qoşiqçining öldiriliş izlarini berkitiş uçun uning qiyofadoşidan foydalanmoqçi bölişgan, deb xabar beradi CNN telekanali.

The Washington Post şarhlovçisi boş konsullikka kirganidan bir neça daqiqa ötgaç, kuzatiş kameralari Istanbul böylab yöqolgan jurnalistning kiyimlarida sayr qilib yurgan, sun'iy soqol va közoynakka ega erkakni suratga oladi. Turk politsiyasining qayd etişiça, bu odam — Qoşiqçining öldirilişidan gumonlanayotgan 15 nafar saudiyalikdan biridir.

Rasmiy Anqaraning ta'kidlaşiça, kameralarda tasvirga olingan şaxs Saudiya Arabistoni maxsus xizmatlari vakili Mustafo al-Madaniydir. Uning taşqi körinişi jurnalistga öxşab ketadi. Bundan taşqari, ularning böy-basti va yoşi ham teng. Bunday işga qöl urilganiga sabab, kuzatuvçilarni jurnalist konsullikni soppa-soğ holda tark etganiga işontirişdan iborat bölgan.

Turkiyadagilar Madaniy aynan qiyofadoş sifatida harakat qiliş uçun mamlakatga kelganini ta'kidlaşmoqda. «Sörov uçun qiyofadoş kimga kerak — deyilmoqda turk maxsus xizmatidagilar. — Bu borada bizning pozitsiyamiz avvalgidek qoladi: bu oldindan rejalaştirilgan qotillik va jasad konsullik binosidan olib çiqilgan».

Avvaliga Saudiya hokimiyati Qoşiqçi hamma muammolarini hal etib, konsullikni eson-omon tark etganini ta'kidlab kelayotgan edi. Keyinroq, 20 oktabrda ular jurnalistning ölimini tan olişdi. Qirollik boş prokurorining sözlariga köra, jurnalist va diplomatik missiya xodimlari örtasida janjal kelib çiqqan va u muştlaşuvga aylangan, uning oqibatida Qoşiqçi öldirilgan.

Iş böyiça Saudiya Arabistonining 18 tabaasi (fuqarosi) uşlangan. Ularning şaxsi oşkor etilmayapti, lekin şunisi aniqki, valiahd şahzodaning boş yordamçilari — umumiy razvedka xizmati boşliği örinbosari Ahmad Asiriy va qirollik devonxonasi maslahatçisi Saud al-Qahtoniy öz vazifalaridan böşatilgan.

Saudiya hokimiyatini tanqid ostiga olib kelgan jurnalist Jamol Qoşiqçi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligi binosiga kirib ketganidan söng aloqaga çiqmay qöygan. 17 oktabr kuni ommaviy axborot vositalari jurnalist konsullik binosida qiynoqqa tutilgani va boşi tanasidan juda qilganini xabar qilişdi. Uni söroq qiliş çoğida boş konsul özi ham iştirok etgani taxmin qilinmoqda.