Yaponiyaning CRAZY kompaniyasi öz xodimlariga töğri uyqu rejimi uçun pul tölaşga qaror qildi. Agar xodim haftasiga kamida beş kun davomida olti soatdan ortiq uxlasa, şunday yöl tutiladi. Taşkilot matbuot xizmati vakili Miya Goray şu haqida xabar berdi. 

Gorayning sözlariga köra, bir ball bir iyenga teng. 

Beş kunlik davomiy uyqu uçun xodim 500 ball yoki iyen oladi. 

Agar xodim hafta davomida olti soatdan ortiq uxlaydigan bölsa, u holda biryöla ming ballga ega böladi. 

Bir oy davomida soğlom uyqu rejimiga rioya qilişda davom etgan xodimlarga esa 1 ming iyen qöşimça bonus tölanadi. Bir oyda qöşimça 5 ming iyen (50 dollar atrofida) işlab oliş imkoni bor. Pullarni korporativ kafeda sarflaş mumkin. Kelgusida kompaniya ballarni pullarga aylantirişni rejalaştirmoqda. 

Tizim uyali telefondagi ilova hisobiga işlaydi, deya izohlaydi kompaniya vakili. U hatto kiçik harakatlarni ham qayd etadi. Agar inson örniga yotsa-yu lekin uxlamasa, bu vaqt uyquga sarflangan hisoblanmaydi. Barça ma'lumotlar kompaniya boşqaruv markaziga yöllanadi va u yerda ballar hisoblanadi. 

Kompaniya işçilariga şuningdek soğlom ovqatlaniş işlanmalarini inobatga olib tayyorlangan bepul lanç taqdim etiladi.

CRAZY kompaniyasiga 2012 yilda asos solingan va u töylarni taşkil qilişga ixtisoslaşgan. 
Yaponiya, uyqu