PNAS jurnalida çop etilgan tadqiqot örgimçaklar uyqusi avval öylanganidan murakkabroq tuzilganini körsatdi. Bonn universiteti olimlari iştirokidagi guruh ularda bir-biridan farq qiluvçi ikki uyqu holatiga oid xulq-atvor dalillarini oldi.

Tadqiqot uçun Avstraliyaning Kvinslend ştati tropik örmonlarida yaşaydigan Portia fimbriata turidagi sakrovçi örgimçaklar tanlangan. Ularning tana ölçami beşdan ön millimetrgaça böladi.

Bu mitti yirtqiçlar asosan boşqa örgimçaklarni ovlaydi. Ular ötkir köriş qobiliyatiga ega va öljasiga yetib boriş uçun aylanma yöllarni ham tanlay oladi. Kunduzi atrofni örganib, ov bilan maşğul böladi, tunda esa özi töqigan kiçik tör ustida yoki ostida dam olişga joylaşadi.

Dam oliş davomida örgimçakning tanasi asta-sekin osilib boradi. Oğzi yonidagi kalta paypaslagiçlari - pedipalpalari esa bir-biriga yaqinlaşadi.

Bir neça yil avval sakrovçi örgimçaklarning boşqa turi - Evarcha arcuatada ham odamning tez uyqu bosqiçini eslatuvçi harakatlar kuzatilgan edi. REM deb ataladigan bu bosqiç odamlarda közlarning tez harakatlanişi bilan tavsiflanadi.

Biroq taşqi öxşaşlikning özi örgimçak uxlayotganini tasdiqlaş uçun yetarli emasdi. Buning uçun jonivor dam olayotganda taşqi taʼsirlarga sekinroq javob berişini va yetişmagan uyqusini keyinçalik qoplaşga intilişini ham körsatiş kerak edi.

Yangi tadqiqot mualliflari şu maqsadda qator kuzatuv va tajribalar ötkazdi. Infraqizil kameralar örgimçaklarning harakatini tunda ham yozib oliş imkonini berdi.

Avvalo, olimlar yoruğlik şaroitini özgartirib, örgimçaklarning faollik va dam oliş tartibini tekşirdi. Maʼlum bölişiça, doimiy xira yoruğlikda ham ularning sutkalik ritmi saqlanib qolgan.

Bu dam oliş vaqti faqat kun va tun almaşinuviga boğliq emasligini körsatadi. Örgimçaklarning faoliyatini içki biologik soat ham boşqaradi.

Önta örgimçakning tungi videolari batafsil tahlil qilinganda, bir-biri bilan almaşib turadigan ikki holat aniqlangan.

Birinçisida örgimçaklar uzoq vaqt deyarli qimirlamay turgan. Ikkinçisida esa közlarining içki tuzilmalari, jumladan, tör pardalari harakatlangan, oyoqlari va tanasining boşqa qismlari titragan. Baʼzan ular oyoqlarini öziga xos tarzda bukib, tanasiga yaqinlaştirgan.