Bugun, 23 oktabr kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ar-Riyoddagi Yamama saroyida marhum muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçining qarindoşlarini qabul qildi.

Valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon ham uşbu qabul marosimida iştirok etgan va Jamol Qoşiqçining öğli bilan körişgan.

«Qirol va valiahd şahzoda Jamol Qoşiqçining yaqinlariga hamdardlik bildirişdi», — deyiladi Arab News agentligi xabarida.

Öz navbatida, Qoşiqçining öğli ham qirollik xonadoniga hamdardlik uçun minnatdorçilik bildirgan.

2 oktabr kuni saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligi binosiga kirib ketganidan keyin izsiz ğoyib bölgandi. U xorij naşrlari orqali Saudiya Arabistonidagi söz erkinligining böğilişi holatini tanqid qilib kelardi.

Turkiya hukumati ilk kunlardanoq Qoşiqçi konsullik binosida öldirilgani va buning ortida Saudiya Arabistoni hukumati vakillari, xususan valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon turgani haqida ma'lum qildi.

17 oktabr kuni ommaviy axborot vositalari jurnalist konsullik binosida qiynoqqa tutilgani va boşi tanasidan judo qilinganini xabar qilişdi. Uni söroq qiliş çoğida boş konsul özi ham iştirok etgani taxmin qilindi.

20 oktabr kuni Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning ölimini tasdiqladi. Lekin Saudiya Arabistoni boş prokuraturasi ma'lumotida, konsulxonada janjal kelib çiqişi oqibatida jurnalistni bexosdan öldirib qöyişgani aytilgandi.

Xuddi şu vaqtda The New York Times naşri Saudiya Arabistoni öz «trollar fabrikasi»ni taşkil qilgani, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon taşabbusi bilan taşkil qilingan bu taşkilot a'zolari ijtimoiy tarmoqlarda muxolif kayfiyatdagi fuqarolarga qarşi kuraş olib borişi haqida xabar tarqaldi.

23 oktabr kuni Haberler portalida Jamol Qoşiqçining jasadi bölaklari Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulxonasi hududida joylaşgan quduqdan topilgani haqida xabar berildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan esa Jamol Qoşiqçi avvaldan puxta rejalaştirilgan qotillik qurboni bölganini aytib, Saudiya Arabistoni hukumatini barça dalillarni oşkor etişga va aybdorlarni jazolaşga çaqirdi.