Qoşiqçi 2018 yil oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida Saudiya agentlari tomonidan öldirilgan va jasadi bölaklangan edi. 

AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, bu operatsiya qirollikning amaldagi norasmiy hukmdori bölgan şahzoda Muhammad bin Salmon buyruği asosida taşkil etilgan. Qoşiqçi köp yillar davomida uning siyosatini tanqid qilib kelgan. 

Adliya vazirligi huquqşunoslarining ta’kidlaşiça, AQŞ hukumati Bayden ma’muriyatiga tayanib, «ayblanuvçi Muhammad bin Salmon çet el hukumati rahbari sifatida AQŞ sudi yurisdiksiyasidan immunitetiga ega ekanini aniqlagan». 

Sentyabr oyi oxirida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon öz farmoni bilan şahzoda Muhammadni boş vazir etib tayinlagan edi. Şundan söng, şahzodaning advokatlari AQŞ sudiga petitsiya bilan murojaat qilişdi. 

«Qirollik farmoni valiahd şahzodaning öz maqomiga asoslangan daxlsizlik huquqiga ega ekaniga heç qanday şubha qoldirmaydi», deyiladi petitsiyada. Advokatlar davlat rahbari daxlsizligi böyiça Qöşma Ştatlardagi boşqa holatlarga tayanib, suddan işni yopişni söragan. 

Muhammad bin Salmon dastlab Qoşiqçini öldirişga buyruq berganini rad etib kelgan. Biroq keyinçalik bu «özining nazorati ostida» sodir bölganini tan olgan edi. Operatsiyani amalga oşirgan şaxslar Saudiyada sudlanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga yoki ölimga mahkum qilingan. Biroq, ğarb davlatlari qotillikni amalga oşirişga buyruq bergan şahzodani javobgarlikka tortiş masalasini kun tartibiga qöyib kelişayotgan edi. 

Qoşiqçining sobiq qalliği Hadija Jyengiz bu xabar çiqqanidan söng, ijtimoiy tarmoqda: «Jamol bugun yana bir bor öldi» deb yozdi. Keyinçalik: «Biz Qöşma Ştatlarda adolat yuzaga çiqadi deb öylagan edik, ammo yana pul birinçi öringa çiqdi», deb yozdi.