Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga nisbatan Istanbulda The Washington Post jurnalisti Jamol Qoşiqçining öldirilişi böyiça Parij apellyatsiya sudi qarori bilan sud tergovi boşlandi. Bu haqda AFP xabar berdi.

«Milliy aksilterror boşqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan qiynoqlar va majburiy bedarak yöqolişlar haqidagi şikoyat yuzasidan tekşiruv ötkazilişi lozim», deyiladi xabarda.
Ilgari Fransiya prokuraturasi ta’qibning maqbulligi asosida iş qözğatişga qarşi çiqqan edi.
The Washington Post gazetasi şarhlovçisi Jamol Qoşiqçi 2018 yil 2 oktyabrda bedarak yöqoldi. Şu kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligi binosiga kirdi va qaytib çiqmadi. Uning jasadi ham topilmadi. Turkiya prokuraturasi ma’lumotlariga köra, jurnalist öldirilgan, uning jasadi maydalangan va yöq qilingan.
Jurnalist uzoq vaqt davomida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan edi. Jurnalistni öldirişga Saudiya Arabistoni hukumati buyruq berganini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, şuningdek, AQŞ Milliy razvedkasi ma’lum qildi.
«Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Turkiyaning Istanbul şahrida saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçini qölga oliş yoki öldiriş operatsiyasini ma’qullagan deb hisoblaymiz», deyiladi Amerika razvedkasi hisobotida.
Jurnalistning ğoyib bölişi va bunga Ar-Riyodning aloqadorligi haqidagi xabarlar dunyoda katta şov-şuvlarga sabab böldi. Şu paytda XVJ rahbari bölgan Kristin Lagard, şuningdek, Google va Ford kabi bir qator Amerika kompaniyalarining top-menejerlari Saudiya Arabistoniga rejalaştirilgan sayohatidan voz keçişdi.
Muhammad bin Salmon birinçi marta 2019 yil sentabr oyida Qoşiqçining öldirilişi haqida oçiq fikr bildirdi.
«Men barça mas’uliyatni öz zimmamga olaman, çunki bu men xizmat vazifamni bajarayotganimda sodir bölgan», dedi u. Şu bilan birga, şahzoda nomi oşkor etilmagan amaldorlar uning ruxsatisiz harakat qilganini ta’kidladi.








