Vaqt ötişini teskari hisoblovçi svetoforlar örnatiş böyiça jamoaviy murojaatni hal etiş haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kuşerbayev Facebook’dagi öz sahifasida xabar bergan.

Qonunçilik palatasidagi bugungi yalpi majlisda “Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tuşgan “Tumanlar va şaharlar köçalarida vaqt ötişini teskari hisoblovçi svetoforlar örnatiş maqsadga muvofiqligi töğrisida”gi elektron jamoaviy murojaatni körib çiqiş natijalari töğrisidagi masala körib çiqilgan.

Ma'lum qilinişiça, 10 000dan ziyod ovoz töplagan uşbu jamoaviy murojaatda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida örnatilgan amaldagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt ötişini teskari hisoblovçi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqiçma-bosqiç almaştiriş haqidagi taklif bayon etilgan.

Ma'lumotda yöl harakatini taşkil etişning texnik vositalarini qöllaşga va svetoforlarga oid amaldagi davlat standartlari 1986 va 1991 yillarda qabul qilingan bölib, bugungi kunda yöl harakatini tartibga solinişini töliq ta'minlay olmayotganligi bildirildi.

Şundan kelib çiqib, Oliy Majlisning Qonunçilik palatasi Vazirlar Mahkamasiga uç oy muddatda serqatnov çorrahalardagi transport va piyodalar svetoforlarini vaqt ötişini teskari hisoblovçi indikatorlar bilan jihozlangan transport va piyodalar svetoforlariga bosqiçma-bosqiç almaştiriş böyiça tegişli idoralar va hokimliklar bilan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiş va amalga oşiriş, yangilangan “Yöl harakatini taşkil etişning texnik vositalari”, “Svetoforlar” standartlarini ilğor xorijiy va xalqaro tajribani inobatga olib işlab çiqib tasdiqlaşi kerakligi böyiça topşiriqlar berilgan qaror qabul qilgan.