Özgarişlar Kiçik halqa yölining Olmazor tumanidagi Beruniy köçasi bilan kesişmasidan - «Orzu» çorrahasidan Mirzo Uluğbek tumanidagi Katta Darxon köçasi bilan kesişmasigaça - «Palov muzeyi» yaqinigaça bölgan qismida amalga oşirilgan.

Markaz mutaxassislari transport oqimi va çorrahalarning xususiyatlarini örganib, svetofor signallarining almaşiniş ketma-ketligi hamda davomiyligini qayta sozlagan.

Maqsad avtomobillarning çorrahalarda ortiqça töxtaşini va kutiş vaqtini kamaytiriş, transport oqimining bir maromda harakatlanişiga şaroit yaratişdan iborat.

Markaz keltirgan ölçov natijalariga köra, uşbu masofada bir martalik qatnov uçun sarflanadigan vaqt 6 daqiqaga yoki qariyb 23 foizga qisqargan.

Dastlabki ölçov 25-sentabr kuni soat 12:00 da, svetoforlar qayta sozlanganidan keyingi ölçov esa 8-oktabr kuni soat 12:40 da ötkazilgan.

Markaz bu natijalar transport oqimi nisbatan kam bölgan vaqtga tegişli ekanini taʼkidlagan. Tiğiz soatlarda yölni bosib ötiş vaqti avtomobillar oqimi va amaldagi vaziyatga qarab farq qilişi mumkin.