Toşkent şahri Yöl harakatini taşkil etiş markazi mutaxassislari Maxtumquli köçasidagi transport oqimlarini tahlil qilib, svetoforlar işini «yaşil tölqin» tamoyili asosida muvofiqlaştirdi.
Markaz maʼlumotiga köra, harakat intensivligi, transport oqimining kun davomida taqsimlanişi, svetofor sikllari davomiyligi va çorrahalar örtasidagi harakatlaniş vaqti tahlil qilingan. Natijada köçadagi 11 ta svetofor obyektining işlaş tartibi özaro muvofiqlaştirilgan.
Maxtumquli köçasida sutkalik örtaça transport oqimi qariyb 90 mingta avtomobilni taşkil etadi.
«Yaşil tölqin» tizimi transport oqimining asosiy yönalişidan kelib çiqib, ikki rejimda işlaydi. Soat 00:00 dan 13:00 gaça tizim Toşkent şahri markazi tomon - Maxtumquli va Yangi Özbekiston köçalari kesişmasidagi uç darajali yöl ötkazgiçdan Amir Temur xiyoboni yönalişida sozlangan.
Soat 13:00 dan 00:00 gaça esa teskari - Amir Temur xiyobonidan Maxtumquli va Yangi Özbekiston köçalari kesişmasidagi yöl ötkazgiç tomon harakat ustuvor hisoblanadi.
Muvofiqlaştirilgan yönaliş böyiça hisoblangan harakat tezligi 55 km/soatni taşkil etadi. Şu tezlikda harakatlangan avtomobil keyingi çorrahalarda yaşil çiroq yonadigan hisoblangan vaqt oraliğiga ketma-ket tuşişi közda tutilgan.
Markaz hisob-kitoblariga köra, optimallaştiriş natijasida yönalişning ötkazuvçanlik qobiliyati 12 foizga oşgan, örtaça harakatlaniş vaqti esa 10 foizga qisqargan.
Qayd etilişiça, «yaşil tölqin» yönaliş böylab barça svetoforlarda uzluksiz yaşil çiroq yonib turişini anglatmaydi. Tizimning vazifasi svetofor sikllarini matematik hisob-kitoblar asosida muvofiqlaştirib, avtomobillarning töxtaşlari va çorrahalarda kutiş vaqtini kamaytirişdan iborat.
Ayni paytda haqiqiy harakatlaniş vaqti transport oqimi ziçligi, haydovçilarning tezlikka rioya qilişi, jamoat transporti va piyodalar harakati, YTH, taʼmirlaş işlari hamda yöldagi boşqa holatlarga qarab özgarişi mumkin.
Yöl harakatini taşkil etiş markazi Toşkentning boşqa hududlarida ham transport oqimlarini tahlil qiliş va svetoforlar işini özaro muvofiqlaştiriş işlari davom ettirilayotganini maʼlum qildi.

















