«Dori-darmon» dorixonalar tarmoğining boşqaruvi Amerikaning United Investment Healthcare kompaniyasiga ötdi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Amerikaning United Investment Healthcare Group kompaniyasi «Dori-Darmon» ustav kapitalidagi davlat uluşini (71 foiz) qölga kiritadi.
Qayd etilişiça, mazkur qaror «Dori-darmon» kompaniyasi boşqaruvi samaradorligini oşiriş, korporativ boşqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etiş hamda aholi va respublika tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan uzluksiz ta'minlaş maqsadida qabul qilindi.
“Dori-Darmon” kompaniyasi dori sifatida foydalaniladigan narkotik psixotropik dori vositalarini davlat kasalxonalariga yetkazib beradigan yagona ta'minotçi sanaladi.












