Özbekiston «Surxon - Puli-Xumri» yangi elektr uzatiş liniyasi qurilişini belgilangan muddatdan avval - 2019 yil dekabrigaça tugatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«Özbekenergo»dan xabar qilişlariça, loyihani amalga oşirişni jadallaştiriş maqsadida joriy yilda işçi guruh tuziladi. Dastlab qiymati 150 mln dollar bölgan loyihani (118 millioni - afğon tomoni mablağlari) 2020 yil oxiriga qadar yakunlaş rejalaştirilgandi.
Özbekiston joriy yilda 500 kV quvvatga ega yangi elektr uzatiş liniyasi qurişni boşladi. Uning qurilişiga oid bitim ikki davlat hukumatlari tomonidan prezident Aşraf Ğanining 2017 yil dekabr oyida Toşkentga taşrifi çoğida imzolandi.
Uzunligi 260 km bölgan elektr uzatiş liniyasi Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi eksportini 70%ga - yiliga 6 mlrd kVt.s.gaça oşiriş imkonini beradi.












