Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni umumiy razvedka xizmatini restrukturizatsiya qiliş böyiça birinçi yiğiliş bölib ötdi.
Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon raisligida ötgan yiğilişdan asosiy maqsad joriy holatni baholaş va razvedka xizmatlari işidagi böşliqlarni aniqlaş bölgan.
Yiğiliş iştirokçilari umumiy razvedka xizmati strukturasi, amaldagi tizimlar va huquqiy doiralar, xizmat siyosati, tartibotlar, boşqariş mexanizmlarini muhokama qilişgan.
Avvalroq qirol Salmon valiahd şahzodaga razvedka xizmatini isloh qiliş böyiça qömitani şakllantiriş vazifasini topşirgan. Uşbu qaror jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi atrofidagi mojaro ortida qabul qilingan.
Qirol, şuningdek, 4 nafar yuqori mansabdor şaxslarni öz lavozimidan böşatişni buyurgan. Bular: Qirollik kengaşi maslahatçisi Saud bin Abdulloh al-Qahtoniy, Umumiy razvedka xizmati rahbari örinbosari, general Ahmad Asiriy, qirollik gvardiyasi polkovnigi Mohir Abdulaziz Mutrib va sud-tibbiyot ekspertizasi instituti rahbari Salox Muhammad Abduh at-Tubayka.













