Xitoy politsiyasi Çongking şahridagi bolalar boğçasi tarbiyalanuvçilariga piçoq bilan hujum qilgan 39 yoşli ayolni qölga oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, u 14 nafar bolaga jarohat yetkazişga ulgurgan.

Xabar qilinişiça, ayol voqea joyida qölga olingan. Jarohat olgan bolalar kasalxonaga yotqizildi, ularning ahvoli qanday holatda ekani körsatilmagan.

Naşrdan qayd etişlariça, hujumga nima sabab bölgani hozirça noma'lum. Hujum taxminiy videosiga izoh qoldirganlardan birining yozişiça, deya ta'kidlaydi gazeta, u turmuş örtoği bilan janjallaşib qolganidan keyin şu tariqa «jamiyatdan öç olgan».