Mirzo Ulugbek Innovation Center va Koreya texnoparklari uyuşmasi hamkorlik töğrisida kelişuvni imzoladilar. Hujjat mahalliy bozorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ekotizimlar startapini rivojlantiriş sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni amalga oşiriş böyiça taraflarning özaro rejalarini aks ettiradi. Bu haqda markaz rasmiy vakili Kun.uz'ga xabar bergan.
MUIC direktori Farhod Ibragimov va Koreya texnoparklari uyuşmasi raisi Djyeyxun Li iştirokidagi rasmiy marosim 25 oktabr kuni Tegu şahrida bölib ötdi. Kelişuvni imzolanişi taraflarga joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasi texnoparklari uyuşmasi vakillarining Özbekistonga taşrifi çoğida erişilgan qator şartlaşuvlarni amalga oşirişga ötiş imkonini beradi.
Xususan, gap Uyuşmaning yetakçi ekspertlarini MUIC qoşidagi texnopark konsepsiyasini işlab çiqiş, Toşkentda uni quriş, şuningdek, texnoparkni boşqariş töğrisidagi nizomni tayyorlaşga jalb qiliş haqida bormoqda. Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi ğoyalarni yuzaga keltiradigan, ularni işlaydigan, taşqi bozorda raqobatbardoş mahsulotlarga aylantiradigan maydonça va Özbekistonda startaplarni rivojlantiriş uçun poydevor böladigan IT-infratuzilmasining universal obektini yaratişga imkon beradi. Texnopark tuzilmasida tadqiqot laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorking markazlari hamda innovatsion ekotizimning boşqa tarkibiy qismlari bölişi nazarda tutilgan.
Imzolangan kelişuv şuningdek, MUIC'ni mas'ul xodimlarining Koreya texnoparklarida stajirovkadan ötişi, Özbekiston Respublikasining «Texnoparklar töğrisida»gi qonuni va boşqa qonunosti hujjatlarini tayyorlaşda koreyalik mutaxassislarning ekspertlik kömagi rejalarini ham qamrab olgan.
Marosim çoğida MUIC direktori Farhod Ibragimov «Özbekistonda IT-parklarni rivojlaniş istiqbollari» ma'ruzasi bilan çiqdi, şundan söng imzolangan kelişuvda bayon etilgan rejalarni amalga oşiriş böyiça birgalikdagi işlarni ança batafsil muhokamasi bölib ötdi.
MUIC va Koreya Respublikasi texnoparklari uyuşmasi örtasidagi hamkorlik ham tajriba almaşuvini, ham qöşimça resurslar safarbar etilişini jadallaştiradi. Jumladan MUIC va Gyonbuk texnoparki (Koreya Respublikasi texnoparklari uyuşmasining a'zosi) endi birgalikda Knowledge Sharing Program (KSP) dasturida iştirok etişga ariza topşirdilar, unga köra MUIC texnoparkini rivojlantiriş böyiça har ikkala tarafning birgalikdagi faoliyatiga Koreya Respublikasining hukumati tomonidan qöşimça moliyalaştiriş ajratilişi nazarda tutiladi.
Kelişuvning imzolaniş payti Koreya Respublikasi texnoparklari uyuşmasining 20 yilligini bayram qilinişiga muvofiq belgilangan.












